Ko'p so'raladigan savollar

Biz qanday ishlaymiz?
  1. Siz bizga buyurtmangiz haqida qisqacha ma'lumot berasiz.
  2. Bizning professional jamoamiz siz izlayotgan mahsulotingiz haqida ma'lumotlar beradi.
  3. Siz mahsulotlarni tanlaganingizdan so'ng, biz sizni tog'ridan to'g'ri ishlab chiqaruvchi bilan bog'lab shartnomangizni qilamiz.
  4. Biz sizning shartnomangizni qilib bergan holda pulingizni dunyo tan olgan havfsiz pul o'tkazish sistemasi orqali o'tkazamiz, hamda barcha ma'lumotlardan ogoh qilib boramiz.
  5. Biz sizga yuk holatini muntazam tekshirib turishingiz uchun KOD beramiz va siz bizning saytimizda buyurtma holati sahifasida kuzatishingiz mumkun bo'ladi.
  6. Yukingiz bojxonaga kirib kelganidan so'ng biz sizga bojxona ishlarida ko'maklashamiz va barcha xujjatlarni yetkazib beramiz.
  7. Biz sizga harid qilingan mahsulotingizni yetkazib beramiz yoki uskunangizni o'rnatib beramiz.
  8. Siz bizning ishimizdan qoniqish xosil qilganingizdan so'ng biz ishlab chiqaruvchiga sizning havfsiz tizimda qolgan pulingizni o'tkazamiz.
Sizning omboringizda tayyor uskunalar yoki xomashyolar mavjudmi?

Biz uchun har bir mijozning talabi judaham muhim bo'lganligi uchun bizning korhonamiz tayyor uskuna yoki xomashyolarni sotmaydi aksincha siz o'zingiz tanlagan va xoxish istagingizdan kelib chiqgan xolda sifatli uskunalarni arzon narxlarda harid qilishingizda va yetkazib berishda yordam beradi.

Sizlarda barcha sotilayotgan uskunalarga xizmat ko'rsatish mavjudmi?

Albatta, bizning korhonamiz shunchaki sotish emas birinchi o'ringa xizmat ko'rsatishni maqsad qilgan. Agar sizda o'rnatish, tekshirish, o'rgatish va profilaktika qilib borish masalalari qiziqtirayotgan bo'lsa unda albatta bu ishlarni bizga qo'yib bering! Chunki biz nafaqat o'zbekistondagi injenerlar bilan birga ishlaymiz hatoki siz harid qilgan ishlab chiqaruvchi korhona tomondan ham injenerlarni yonlab servis xizmat ko'rsata olamiz va bu biz uchun hech narsa emas!

Men qanday qilib siz orqali uskunani harid qila olaman?

Biz sizga uskuna haqida ma'lumotlarni, videosini, narxlarini, taqdim qilganimizdan so'ng hatoki to'g'ridan to'g'ri ishlab chiqaruvchi tomonining to'g'ridan tog'ri muloqot uyishtirib sizda bor savollarga javob olib berganimizdan so'ng, biz siz va ishlab chiqaruvchi o'rtasidagi shartnomani tuzib beramiz va pulingizni havfsiz sistema orqali o'tkazamiz va albatta siz uskunani o'z ishxonangizga o'rnatganingizdan so'ng biz sizning pullaringizni o'tkazishlikni kafolatlaymiz va taminlaymiz! 

Havfsiz pul o'tkazish sistemasi qanday ishlaydi?

Biz sizning pullaringizni dunyo tan olgan havfsiz pul o'tkazish sistemasida ushlab turamiz va sizning pulingizni ko'rgan ishlab chiqaruvchi korhona sizga kerakli bo'lgan uskuna yoki xomashyoni ishlab chiqarishni boshlaydi hamda to ishlab chiqarishdan va sizning fabrikangizga yetib kelib uskunadan qoniqish hosil qilmaguningizgacha, ishlab chiqaruvchi pulingizni olmaydi. Agar siz sotib olgan uskunadan qoniqish hosil qilmasangiz pulingizni qisam yoki to'liq qaytarib olishingizni kafolatlaymiz! Bu sistemada faqatgina o'ziga ishongan va mahsulotini sifatiga ishongan ishlab chiqaruvchilar siz bilan ishlashga rozi bo'ladi.

Xaridimning xolatini onlayn tarzda kuzatib borish imkoniga egamanmi?

Bizning saytimizdagi Holatni tekshirish sahifasi orqali sizga taqdim etilgan QR kod yoki KOD raqami orqali tekshirish imkoniga ega bo'lasiz.

Yetkazib berish qancha vaqt oladi?

Ishlab chiqarish vaqti 7 kundan boshlanadi.
Yuk mashinalari orqali 12-14 kun ichida yukingiz keladi.
Temir yo'l orqali 16-25 kungacha.

Yetkazib berishda qanday imkoniyatlaringiz mavjud?

∙Aviaqatnovlar orqali
∙Temir yo'l orqali
∙Yuk mashinalari orqali
∙Turli xil transportlar orqali
∙Dengiz orqali (Boshqa mamlakatlar orqali)

Shartnoma qilishda qanday xujjatlar tavsiya etiladi?

∙Sizning korhonangizning Sertifikati
∙Bankingizga oid ma'lumotlar
∙ INN raqamingiz
∙Ish boshqaruvchi yoki direktoringizning pasport nusxasi
∙Shartnomani tasdiqlash uchun direktoringizning qo'l qo'yishi va ishxonangiz pechati.

logo_white

Sizga yordam kerakmi?

O'zingizni qiziqtirgan barcha savollar bo'yicha murojat qilishingiz uchun qo'ng'iroq qilishingiz yoki xabar qoldirishingiz mumkun.